O‘zbekistonlik asoschining Humanola startapi $2,5 million investitsiya jalb qildi

image 34

O‘zbekistonlik Sanjar Atamurodov Kremniy vodiysida o‘zining Humanola startapini rivojlantirish uchun $2,5 million miqdorida investitsiya jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu investitsiya raundiga Link Ventures, Bad Ideas Fund, Georgia Tech Fund kabi nufuzli venchur fondlari, shuningdek, biznes-angel sifatida taniqli tadbirkor Akmal Payziyev yetakchilik qildi.

Humanola inson dunyoning istalgan nuqtasidan turib gumanoid robotni minimal kechikish bilan boshqarishiga imkon beruvchi texnologiyani ishlab chiqmoqda. Bunda operatorning har bir harakati sun’iy intellektni o‘qitish ma’lumotlariga aylantiriladi va kelajakdagi avtonom jismoniy agentlar uchun mustahkam poydevor yaratadi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday yechimlar mehnat bozori, sanoatni avtomatlashtirish, tibbiyot, logistika hamda murakkab yoki xavfli sharoitlarda vazifalarni bajarish tizimini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Kompaniya jamoani kengaytirish, platformani ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish hamda robotlarni masofadan boshqarish tizimini yangi industriyalar va foydalanish ssenariylariga moslashtirishni rejalashtirmoqda.