TypeScript: onlayn-kurslar, kitoblar va videoresurslar to‘plami
TypeScript — bu JavaScript dasturlash tilining sintaksis kengaytmasi hisoblanadi. U dasturchilarga ishonchliroq va toza kod yozishga imkon beradi, xatoliklarni ishlab chiqish bosqichida aniqlaydi. Shuningdek, TypeScript JavaScript’ning zamonaviy versiyalaridagi funksiyalarni, masalan, asinxron dasturlash va modullikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Onlayn kurslar
TypeScript kursi: dasturchilar uchun bepul o‘quv — Code Basics’dan
Bu kurs TypeScript tilini noldan o‘rganish uchun a’lo boshlang‘ichdir. Birinchi modulda til asoslari, birinchi kod yozish bosqichi yoritiladi. Kommentariyalarni qanday ishlatish va ularning kodni tushunishdagi ahamiyati tushuntiriladi. Testlash misollarida natijalarni qanday tahlil qilish va kod sifatini oshirish ko‘rsatib beriladi.
Davomiyligi: 2 hafta
Narxi: bepul
TypeScript-dasturchi — Hexlet’dan
Bu kursda siz funksiyalar, massivlar, turlar, kortijlar, klasslar va generiklar bilan ishlashni o‘rganasiz. Avval boshlang‘ich darajada, keyin esa ilg‘or darajada TypeScript tilini chuqur o‘rganasiz. Kurs oxirida loyiha orqali bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
Davomiyligi: 2 oy
Zamonaviy dasturlash uchun TypeScript — Udemy’dan
TypeScript nima ekanligini, u JavaScript imkoniyatlarini qanday to‘ldirishini va undan qanday foydalanishni bilib oling. U zamonaviy dasturchilarga kod bazasini ishonchli va tushunarli qilishda, xatolar va baglar sonini kamaytirishda qanday yordam berishini tushunasiz. Dars davomida uchta loyiha amalga oshirasiz.
Davomiyligi: 2 hafta
Learn TypeScript — Scrimba’dan
Kurs to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, har birida muhim tushunchalar — ma’lumot turlari, fayl tuzilmalari, modullar, klasslar va kodni kompilyatsiya qilish masalalari yoritiladi.
Davomiyligi: 1 hafta
Narxi: bepul
Kitoblar
Effektiv TypeScript — Dan Vanderkam
Kitobda TypeScript dasturlash tilining barcha imkoniyatlari batafsil tushuntiriladi. Muallif tilning nozik jihatlari haqida ma’lumot beradi va amaliy misollar bilan bu bilimlarni qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
TypeScript tezkor — Yakov Fayn va Anton Moiseyev
Kitob JavaScript, CSS va HTML bilan ishlash tajribasiga ega dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Unda vositalar haqida batafsil ma’lumot beriladi va JavaScript hamda TypeScript ni bir loyihada qanday integratsiya qilish tushuntiriladi.
TypeScript in 50 Lessons — Stefan Baumgartner
Kitob tajribali hamda yangi boshlayotgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. JavaScript’ni biladiganlar uchun kod tahlillari, misollar va maslahatlar bilan boyitilgan.
Programming TypeScript: Making Your JavaScript Applications Scale — Boris Cherny
Agar siz o‘rta darajadagi JavaScript dasturchisi bo‘lsangiz, muallif sizni TypeScript tiliga o‘rgatadi. Siz TypeScript yordamida koddagi xatolarni qanday aniqlash va kodni ko‘proq dasturchilar guruhi uchun kengaytirish mumkinligini tushunasiz.
YouTube kanallari
TypeScript TV with Benny
Yangi boshlovchilar va tajribali dasturchilar uchun foydali kanal. Unda ko‘plab darsliklar, video saboqlar va toza kod yozish bo‘yicha maslahatlar mavjud. Turli misollar asosida xatolarni tuzatish va kodni yaxshilash yo‘llari ko‘rsatiladi.
Michigan TypeScript
Ilg‘or TypeScript dasturchilariga mo‘ljallangan kanal. Unda murakkab tushunchalar bo‘yicha video saboqlar va batafsil darsliklar mavjud. Bu resurslar TypeScript bilimlaringizni chuqurlashtirish va uni samarali qo‘llashga yordam beradi.