O‘zbekistondan IT-sohasini rivojlantirayotgan 10 nafar yosh startap asoschilari

Muvaffaqiyatli startaplari xorijiy bozorlarni zabt etayotgan o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Rustam Rahmatov

Halollik va mas’uliyat tamoyillari asosida foizsiz moliyaviy mahsulotlar yaratuvchi IMAN startap loyihasi rahbari va asoschisi.

Azizbek Qurbonov

Sug‘urta Bozor startap loyihasi hamasoschisi. Azizbek sug‘urta sohasida innovatsion startaplarga rahbarlik qilish bo‘yicha ikki yildan ortiq tajribaga ega.

Fuzail Zoirov

Fuzail Zairov Digital Camp IT-Academy va Coddy Camp IT Academy oʻzbek startapi hamasoschisi hisoblanadi.

Asror Arabjonov

Silkroad Innovation Hub hamasoschisi. Bu Silikon vodiysidagi Markaziy Osiyo startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan IT-xab.

Azamat Hamidov

PointAI asoschisi. Sohada besh yildan ortiq tajribaga ega Azamat cheklangan byudjetga ega kompaniyalarni muvaffaqiyatli targ‘ib qilish va mahsulotlarni noldan ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Behruz Mahmudov

Bexruz Mahmudov Didox loyihasi rahbari. Bu eng arzon elektron hisob-fakturalar xizmati. Tizim aksariyat korxonalar uchun bepul va boshqalar uchun ham ancha arzon.

Rustam Hamdamov

BILLZ startap loyihasi rahbari va hamasoschisi. Bu savdoni avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi startap hisoblanadi.

Ruslan Yuldashev

Modme startapi hamasoschisi va texnik direktori. Modme — bu ta’lim markazlarini tizimlashtirish bilan shug‘ullanuvchi startap.

Iskandar Qurbonov

avlo.shop asoschisi. Bu internet-do‘konlar yaratish bo‘yicha veb-konstruktor vazifasini bajaruvchi startap.

Beknazar Abdikamalov

Hupo startap loyihasi hamasoschisi va texnik direktori. Startapning missiyasi Osiyodagi menejerlarga o‘zlarining eng yaxshi darajalariga chiqishlariga imkon berishdan iborat.