Загаловка Silkroad Innovation Hub Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 dasturiga arizalar qabuli ochildi

img 5462

Silkroad Innovation Hub va hamkorlar Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli ochilganini e’lon qildi — bu Markaziy Yevrosiyodagi eng yirik startap-pitch tanlovidir. Dastur startaplarga dunyodagi eng nufuzli texnologik konferensiyalardan biri bo‘lgan TechCrunch Disrupt 2026 ga chiqish imkoniyatini beradi.

Dastur Markaziy Yevrosiyo va boshqa mintaqalardan dastlabki bosqichdagi istiqbolli startaplarni Silikon vodiysi investorlari, xalqaro mentorlar va global texnologik hamjamiyat bilan birlashtiradi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
— finalga chiqqan uchta jamoa o‘rtasida taqsimlanadigan $100 000 gacha  investitsiya jalb qilish
— TechCrunch Startup Battlefield 200 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish
— o‘z startapini TechCrunch Disrupt 2026 da taqdim etish
— jamoaning ikki a’zosi uchun to‘liq qoplanadigan San-Fransiskoga sayohat
— OpenAI for Startups dasturi imtiyozlaridan foydalanish
— TechCrunch rasmiy sertifikatini olish
— asoschilar va investorlarning global hamjamiyatiga qo‘shilish
— TechCrunch va dastur hamkorlari orqali xalqaro media qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish.

Tanlovda Markaziy Yevrosiyo davlatlari va boshqa hududlardan MVP, seed yoki undan oldingi bosqichdagi startaplar ishtirok etishi mumkin; sitartapning bahosi $5 milliongacha bo‘lishi lozim.

Arizalar qabuli 2026-yil 30-iyungacha ochiq. Ariza topshirish sayt http://road2battlefield.com/ orqali amalga oshiriladi.