IT Ladies va ML Community Uzbekistan: O‘zbekistondagi eng faol IT-hamjamiyatlari
Yekaterina Nikolayeva va Saida Xalilova mamlakat IT-sohasini rivojlantirish uchun qo‘shilish mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi IT-hamjamiyatlari haqida so‘zlab berishdi.
Yekaterina Nikolayeva, Toshkent shahri, IT Ladies Uzbekistan asoschisi, AMEGA IT-kompaniyalar guruhi hamta’sischisi, @neidealnyi_blog
Saida Xalilova, Toshkent shahri, Codecraft.uz IT-o‘quv markazi direktori, IT Ladies Uzbekistan rezidenti, @saidahalil
IT-sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari, notijorat, donor va xususiy tashkilotlar faoliyati turli IT-hamjamiyatlarining o‘sishiga yordam beradi. O‘zbekistonda IT-mavzulariga qiziquvchi aholi soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shuning uchun faol odamlar tomonidan IT-sohasida loyihalarni boshqarish, dasturlash, texnologik yechimlarni boshqarish va boshqa mavzularda qiziqish guruhlari yaratilmoqda. Hamfikrlar bilan bir davrada bo‘lish — ma’lumot almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish, tor doirada yumorga boy xazillardan zavq olish va eng muhimi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Bugungi kunda har qanday o‘zbekistonlik bir vaqtning o‘zida cheklanmagan miqdordagi hamjamiyatlarga a’zo bo‘lishi mumkin. Faqat qizlar muloqot qiladigan yopiq hamjamiyatlar ham bor va ma’lum bo‘lishicha, IT-sohasiga qizlar kundan-kunga ko‘proq kirib kelishmoqda.
Quyida O‘zbekistondagi eng mashhur va faol IT-hamjamiyatlari bilan tanishishga taklif qilamiz:
IT Community Uzbekistan — garchi tashkil etilganiga atigi bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, LinkedInda 5500 dan ortiq obunachiga ega. Hamjamiyat rahbari Shavkat Karimov — ko‘plab tadbirlarning faol spikeri. Hamjamiyat turli uchrashuvlar tashkil etish, podkastlar yozish, ta’lim dasturlari va IT-mutaxassislarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Ushbu ijtimoiy tarmoqdagi profilingizni roʻyxatdan oʻtkazish va havolaga oʻtish orqali hamjamiyatga qoʻshilishingiz va ularning faoliyatidan xabardor boʻlishingiz mumkin.
O‘zbekistondagi birinchi va eng faol ayollar IT-hamjamiyati. Ular tomonidan yiliga 100 dan ortiq oflayn va 40 dan ortiq onlayn tadbirlar o‘tkaziladi. Hamjamiyatning maqsadlari — IT sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ayollarning ITga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat. Bunda axborot texnologiyalari mavzusiga endigina qiziqa boshlagan qizlar mazkur hamjamiyat tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin. Havola orqali o‘tib hamjamiyatga qo‘shilishingiz mumkin.
2020-yilda Toshkentda tashkil etilgan birinchi va hali ham faol IT-hamjamiyatlaridan biri. Hamjamiyat Agile-madaniyatida tajriba va ko‘nikmalar almashish uchun odamlarni birlashtirish maqsadida yaratilgan. Telegramda hamjamiyat chatiga qo‘shilish mumkin.
Hamfikrlarni birlashtirish, mahsulotlarni boshqarish dunyosi ekspertlaridan yordam va bilim olish uchun 2022-yilda yaratilgan, mahsulot menejerlari uchun mo‘ljallangan hamjamiyat. Hamjamiyat jamoa a’zolarining kasbiy malakasini oshirish uchun tajriba, bilim va g‘oyalar almashish uchun o‘ziga xos platforma yaratish, shuningdek, netvorking aloqalarini yaxshilashga intiladi. Hamjamiyatga qo‘shilish uchun havola orqali o‘tish kifoya.
O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish va shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, sun’iy intellekt sohasidagi hamjamiyat. Ular tomonidan SI-mahsulotlari ishlab chiqiladi, master-klasslar, forumlar, xakatonlar tashki etiladi, podkastlarni yoziladi va kurslar o‘tkaziladi. Telegram guruhiga qo‘shilish orqali hamjamiyatga a’zo bo‘lish mumkin.
Bilim va tajriba almashish uchun ham onlayn, ham oflayn tadbirlarni o‘tkazadigan xalqaro mobil ishlab chiquvchilar hamjamiyati. Ular, shuningdek, Toshkentda ham o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishadi.
Oʻzbekistondagi IT-xodimlarining liberal qadriyatlariga yoʻnaltirilgan Telegram hamjamiyati bo‘lib, u muloqot va oʻzaro yordam, shuningdek, kasbiy toliqishga faol qarshi kurashish uchun moʻljallangan.
IT-hamjamiyatlari haqida gapirganda, Artur Imamutdinov tomonidan yuritiladigan, startapchilar va startaplar bilan bog‘liq bo‘lganlarga yordam beruvchi IT-tadbirlari agregatorini eslatib o‘tmaslik mumkin emas. O‘zbekiston IT olamidagi barcha yangiliklar mazkur Telegram-kanalda.
O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ko‘plab loyihalar, mutaxassislar, o‘quv kurslari va boshqa imkoniyatlar bunga misol. Rivojlanishingizda sizning muhitingiz katta rol o‘ynaydi. Mana endi, O‘zbekistonning IT-hamjamiyatlariga qo‘shilish orqali hamfikrlar davrasida bo‘lish, yangi do‘stlar topish va kasbiy mahoratingizni oshirish uchun tekinga ko‘plab imkoniyatlar mavjud ekanligini bilib oldingiz.